ZIKRLARNING AFZALI

عن جابر بن عبد الله رضي الله عنهما قال: سمعت رسول الله صلى الله عليه وسلم يقول:
“أفْضَلُ الذّكْرِ لا إلهَ إلاّ اللَّهُ” رواه الترمذي وابن ماجة.

1. Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda
Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Zikrlarning afzali «La ilaha
illalloh”dir» dedilar (Termiziy va Ibn Moja rivoyati).

Makka mushriklari Paygʻambar alayhissalomning amakilari Abu
Tolibning oldiga kelib “Muhammadga aytgin, bizlarning dinimizni
ayblashni va xudolarimizni haqorat qilishni bas qilsin”,
deyishganida, ularning talablaridan xabardor boʻlgan Paygʻambar
alayhissalom: “U holda mening birgina soʻzimni qabul qilinglarki,
sizlar u soʻz sharofatidan arabu ajamga podshoh boʻlursizlar”,
deydilar. Shunda mushriklar shodlanishib: “U qanday soʻz ekan-a?
Agar aytganlaring rost boʻlsa, bir emas oʻn soʻzingni ham qabul
qilamiz”, deyishganida u zot: “U soʻz — la iloha illallohdir — deb
aytadilar”. Yaʼni Allohdan boshqa haq iloh yoʻqdir. Ular bu soʻzni
eshitishgach, dahshatga tushib, “(Shuncha) xudolarni bitta xudo
qilib olibdimi?! Haqiqatan bu juda qiziq narsa!” deb aytadilar va
Paygʻambar alayhissalomning oldilaridan chiqib ketadilar.

عن سعد بن أبي وقاص رضي الله عنه قال: “جاءَ أَعْرَابيٌّ إلى رسول اللَّه صلى الله عليه وسلم
فقال: علِّمني كلاماً أقوله، قالَ: قُلْ: لا إلهَ إلاَّ اللَّهُ وَحْدَهُ لاَ شَرِيكَ لَهُ، اللَّهُ أَكْبَرُ كَبِيراً، وَالحَمْدُ لِلَّه
كَثِيراً، وَسُبْحَانَ اللَّهِ رَبّ العالَمِينَ، لا حَوْلَ وَلا قُوَّةَ إِلاَّ باللَّهِ العَزِيزِ الحَكِيمِ، قال: فهؤلاء لربي فما
لي؟ قال: قُل اللَّهُمَّ اغْفِرْ لي وَارْحَمْنِي وَاهْدِني وَارْزُقْنِي ”.

2. Saʼd ibn Abu Vaqqos raziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda
zikr qilinadi: “Bir aʼrobiy Rasululloh sallallohu alayhi vasallam
huzurlariga kelib: «Menga bir kalom oʻrgating, aytib yuray”, dedi.
Shunda Rasululloh: “La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu,
Allohu akbar kabiyro valhamdu lillahi kasiyro va subhanallohi robbil
ʻalamiyn, la havla va la quvvata illa billahil ʻaziyzil hakiym”, deb
ayt», deb oʻrgatdilar. (Bu duoning maʼnosi: Allohdan boshqa iloh
yoʻq, U yakkayu yolgʻizdir. Uning sherigi ham yoʻq. Alloh juda
buyuk, Allohga cheksiz hamd boʻlsin, olamlar rabbi Alloh barcha
aybu nuqsonlardan pokdir Hikmatli va qudratli boʻlgan Allohdan

oʻzga hech kim maʼsiyatdan toʻsishga ham toatga kuch berishga
ham qodir emasdir. Keyin haligi aʼrobiy: “Ey Rasululloh, bu
aytganlaringiz Rabbim uchun, men uchun-chi?” deb soʻradi.
Rasululloh: “Allohummagʻfir liy varhamniy vahdiniy varzuqniy” deb,
ayt», dedilar». (Maʼnosi: Allohim meni magʻfirat qil, menga rahm
ayla, meni hidoyat et, menga rizq ber) Imom Muslim rivoyati.
Allohim! Oʻzing barchamizni “La ilaha illalloh”ga amal qilishni nasib
qilib, hidoyat qil, gunohlarimizni kechir va haq diningda sobitqadam
qilgin!

  • MP3 VERSIYASI

Muallif: SHERZOD G’IYOS O’G’LI

IZOH QOLDIRING

Your email address will not be published. Required fields are marked *