VAZNI OG`IR IKKI KALIMA

Kundalik zikr va duolarning turlari juda koʻp. Yana bir qancha
zikrlar borki, ularni kunning qaysi qismida aytilishi tayin qilinmagan.
Bugungi suhbatimizda sizlar bilan birgalikda ushbu zikrlardan
baʼzilari bilan tanishamiz.

عن أبي هريرة رضي الله عنه، قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: (كَلِمَتَانِ خَفِيفَتانِ على
اللِّسانِ، ثَقِيلَتَانِ في المِيزَانِ، حَبيبَتَانِ إلى الرَّحْمَنِ: سُبْحَانَ اللَّهِ وَبِحَمْدِهِ، سُبْحَانَ اللَّهِ العَظيمِ) رواه
البخاري ومسلم.

1) Buxoriy va Muslim Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat
qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ikki kalima
borki, tilga yengil, tarozida ogʻir va Rahmonga sevimlidir. Ular:
«Subhanallohi va bihamdihi, subhanallohil aziym”, deb aytdilar».
Bu ikki kalimaning maʼnosi: “Allohga hamd ila tasbeh aytaman va
ulugʻ Allohga tasbehlar boʻlsin”, demakdir.

عن أبي ذرّ رضي الله عنه قال: قال لي رسول الله صلى الله عليه وسلم: (ألا أُخْبِرُكَ بِأَحَبِّ
الكَلامِ إلى اللَّهِ تَعالى؟ إِنَّ أحَبَّ الكَلام إلى اللَّه: سُبحانَ اللَّهِ وبِحَمْدِهِ) وفي رواية: سُئل رسولُ الله
صلى الله عليه وسلم: أيّ الكلام أفضل؟ قال: ما اصطفى الله لملائكته أوْ لعبادِهِ: سُبْحانَ اللَّهِ
وبِحَمْدِه

2) Abu Zarr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Rasululloh sollallohu
alayhi va sallam menga: “Alloh taologa eng suyukli boʻlgan kalomni
aytaymi? Alloh taolo uchun kalomlarning eng suyuklisi
«Subhanallohi va bihamdihi”, deb aytishingdir», dedilar». Boshqa
rivoyatda: “Rasulullohdan: «Qaysi kalom afzal?” deb soʻrashdi. U
zot: “Alloh farishtalari yoki bandalari aytishini ixtiyor qilgan
«Subhanallohi va bihamdihi”, kalimasidir», dedilar», deyilgan
(Imom Muslim rivoyati).

عن أبي ذرّ رضي الله عنه قال: “ قلتُ: يا رسولُ الله، أيُّ الكلام، أحبّ إلى الله تعالى؟ قال: ”ما
اصْطَفى اللَّهُ تَعالى لمَلائِكَتِهِ: سُبْحانَ ربِّي وبِحَمْدِهِ، سُبْحانَ رَبي وبِحَمْدِهِ; قال الترمذي: حديث
حسن صحيح.

Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisda esa Abu Zarr roziyallohu
anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: “Kalomlarning

qaysi biri Alloh taologa sevimliroq?” deb soʻradilar. U zot: “Alloh
farishtalari uchun ixtiyor qilgan «Subhana robbiy va bihamdihi,
subhana robbiy va bihamdihi” jumlasini aytish», dedilar» (Termiziy
rivoyati).
Alloh barchamizni Oʻzini koʻp eslaydigan bandalaridan qilsin!

  • MP3 VERSIYASI

Muallif: SHERZOD G’IYOS O’G’LI

IZOH QOLDIRING

Your email address will not be published. Required fields are marked *