UYQU QOCHGANDA O`QILADIGAN DUO

قال رسول الله صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: “ مَنْ تَعَارَّ مِنَ اللَّيْلِ، فَقَالَ: لاَ إِلَهَ إِلَّا اللَّهُ وَحْدَهُ لاَ شَرِيكَ
لَهُ، لَهُ المُلْكُ وَلَهُ الحَمْدُ، وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ، الحَمْدُ لِلَّهِ، وَسُبْحَانَ اللَّهِ، وَلاَ إِلَهَ إِلَّا اللَّهُ، وَاللَّهُ
أَكْبَرُ، وَلاَ حَوْلَ وَلاَ قُوَّةَ إِلَّا بِاللَّهِ، ثُمَّ قَالَ: اللَّهُمَّ اغْفِرْ لِي، أَوْ دَعَا، اسْتُجِيبَ لَهُ، فَإِنْ تَوَضَّأَ وَصَلَّى
قُبِلَتْ صَلاَتُهُ ”

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: “Kim uyqusi qochib,
bezovta boʻlsa, “La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah, lahul
mulku va lahul hamd va huva ala kulli shayʼin qadiyr, alhamdulillah
va subhanalloh va la ilaha illallohu vallohu akbar va la havla va la
quvvata illa billah”ni aytib, soʻng “Allohummagʻfirliy” desa, yoki duo
qilsa, uning duosi ijobat boʻladi. Bordiyu tahorat qilib, namoz
oʻqisa, namozi qabul boʻladi” (Buxoriy rivoyati).

“Lahul mulku”ning maʼnosi: dunyo va oxiratdagi hamma narsa
Allohning mulkidir.
“Alhamdulillah” – Alloh taologa loyiq boʻlgan narsalar bilan hamdu
sano aytish.
“Subhanalloh”ning maʼnosi: Allohni barcha kamchilik va
nuqsonlardan pok deb bilaman demakdir.
“Allohu akbar” Alloh hamma narsadan buyukdir.
“La havla va la quvvata illa billah”ning maʼnosi: Maʼsiyat qilishdan
toʻsish ham, toatga kuch berish ham faqat Allohning yordami ila
boʻladi, demakdir.

Navaviy rahimahulloh aytadi: Bu taslim boʻlish va oʻzni butunlay
Allohga topshirish kalimasidir. Inson faqat Allohning xohishi bilan
bir yomonlikni bartaraf qila oladi hamda Uning yordami bilangina
biron yaxshilikni qila oladi.

Demak, har bir musulmon kishi bu zikrni doimo aytib yurishi kerak
ekan. Baʼzilar boshiga turli balo-musibatlar tushgan paytda Alloh
taologa eplab iltijo qila olmaydilar. Bunday insonlar kechalari
uygʻonganida shu duoni aytsalar va uygʻonishlari kechaning oxirgi

uchinchi qismiga toʻgʻri kelib, sajdalarida Allohga yolvorib duo
qilsalar, balo-ofatlar bartaraf boʻlib, gʻam oʻrniga xotirjamlik va
xafalik oʻrniga xursandchilik kelgan boʻlardi.
Kim doimo Allohni zikr qilib yursa, uygʻonganda ushbu duoni
bemalol aytadigan boʻlib qoladi.

  • MP3 VERSIYASI

Muallif: SHERZOD G’IYOS O’G’LI

IZOH QOLDIRING

Your email address will not be published. Required fields are marked *