TO`RT KALIMA

 

عن جُويريةَ أمّ المؤمنين رضي الله عنها: “أن النبي صلى الله عليه وسلم خرج من عندها بُكرة حين صلَّى الصبح، وهي في مسجدها، ثم رجع بعد أن أضحى، وهي جالسة فيه، فقالَ: ”مَا زِلْتِ اليَوْمَ عَلى الحالَةِ الَّتي فارَقْتُكِ عليها؟ قالت: نعم، فقال النبيُّ صلى الله عليه وسلم: لَقَدْ قُلْتُ بَعْدَكِ أَرْبَعَ كَلماتٍ ثَلاثَ مَرَّاتٍ لَوْ وزِنَتْ بِما قُلْتِ مُنْذُ اليَوْمِ لَوَزَنَتهُنَّ: سُبحانَ اللَّهِ وبِحمْدِهِ عَدَدَ خَلْقِهِ، ورضى نَفْسِهِ، َوزِنَةَ عَرْشِهِ، وَمِدَادَ كَلِماتِهِ“ وفي رواية: ”سبحانَ اللَّهِ عَدَدَ خَلْقِهِ، سُبْحانَ الله رضى نفسه، سبحان الله زنة عرشه، سبحان اللَّهِ مِدَادَ كَلِماتِهِ “.

وروينا في “كتاب الترمذي” ولفظه: “ألا أُعَلِّمُكِ كَلماتٍ تَقُولينَها: سُبْحانَ اللَّهِ عَدَدَ خَلْقِهِ، سُبْحَانَ اللَّهِ عَدَدَ خَلْقِهِ، سُبْحَانَ اللَّهِ عَدَدَ خَلْقِهِ، سبحان الله رضى نفسه، سبحان الله رضى نفسه، سبحان الله رضى نفسه، سبحان الله زنة عرشه، سبحان اللَّهِ زِنَةَ عَرْشِهِ، سبحان الله زنة عَرْشِهِ، سُبْحَانَ اللَّهِ مِدَادَ كَلِماتِهِ، سُبْحانَ اللَّهِ مِدَادَ كَلِماتِهِ، سُبْحانَ اللَّهِ مِدَادَ كَلِماتِهِ ”.

Ummul moʻminin Juvayriya raziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. “Rasululloh sallallohu alayhi vasallam ertalab bomdod namozini oʻqigandan soʻng Juvayriya onamizning huzuridan chiqib ketdilar. Onamiz namoz oʻqigan joylarida oʻtirar edilar. Choshgohdan soʻng qaytib kelsalar, onamiz hali ham oʻtirgan edilar. Shunda Rasululloh: «Chiqib ketganimdan beri shu holatda oʻtiribsanmi?” deb soʻradilar. Onamiz: “Ha”, deya javob berdilar. “Men sendan keyin toʻrtta kalimani uch martadan aytdim, agar ular tarozida oʻlchansa, ertalabdan beri hozirgacha aytgan zikrlaringdan ogʻir keladi, – dedilar Rasululloh. – Ular: «Subhanallohi va bihamdihi ʼadada xolqihi va rizo nafsihi va zinata ʼarshihi va midada kalimatihi”. (Maʼnosi: Allohga maxluqotlarining adadicha, nafsining rizoligicha, arshining vaznicha va kalimalarining koʻpligicha hamd va tasbehlar aytaman). Imom Muslim rivoyati.

Boshqa bir rivoyatda: “Subhanallohi ʼadada xolqihi, subhanallohi rizo nafsihi, subhanallohi zinata ʼarshihi, subhanallohi midada kalimatihi”, deyilgan. (Maʼnosi: Maxluqotlarining adadicha Allohni pok deb bilaman, nafsi rozi boʻlguncha Allohni pok deb bilaman, arshning ogʻirligicha Allohni pok deb bilaman, kalimalarining koʻpligicha Allohni pok deb bilaman).

Imom Termiziy rivoyatida esa: “Subhanallohi ʼadada xolqihi, subhanallohi ʼadada xolqihi, subhanallohi ʼadada xolqihi, subhanallohi rizo nafsihi, subhanallohi rizo nafsihi, subhanallohi rizo nafsihi, subhanallohi zinata ʼarshihi, subhanallohi zinata ʼarshihi, subhanallohi zinata ʼarshihi, subhanallohi midada kalimatihi, subhanallohi midada kalimatihi, subhanallohi midada kalimatihi”, deb ushbu zikrlarning hammasini uch martadan takrorlangan.

Alloh doimo til va dillarimizni Oʻzini zikr qilishga muvaffaq qilsin.

  • MP3 VERSIYASI

Muallif: SHERZOD G’IYOS O’G’LI

IZOH QOLDIRING

Your email address will not be published. Required fields are marked *