TASBEH,TAHMID, TAHLIL VA TAKBIRNING FAZILATI

عن أبي هريرة رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: “لأَنْ أقُولَ: سُبْحَانَ اللَّهِ،
والحَمْدُ لله، ولا إله إلا الله، وَاللَّهُ أَكْبَرُ أَحَبُّ إِليَّ مِمَّا طَلَعَتْ عَلَيْهِ الشَّمْسُ ”

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam: “Subhanallohi valhamdu lillahi va la
ilaha illallohu vallohu akbar”, deyishim men uchun quyosh porlab
turgan butun dunyodan yaxshiroqdir», deb aytdilar (Imom Muslim
rivoyati).
“Subhanalloh”ning maʼnosi Allohni barcha kamchilik va
nuqsonlardan pok deb bilaman deganidir.
“Valhamdulillah”ning maʼnosi Allohga hamd boʻlsin degani.
“La ilaha illalloh”ning maʼnosi: Allohdan oʻzga barhaq iloh yoʻq.
“Vallohu akbar”ning maʼnosi Alloh barcha narsadan buyuk va
ulugʻdir degan maʼnolarda keladi.

عن أبي أيَوبَ الأنصاري رضي الله عنه عن النبي صلى الله عليه وسلم قال: “مَنْ قَالَ لا إله إلا
الله وحده لا شَريكَ لَهُ، لَهُ المُلْكُ وَلَهُ الحَمْدُ وَهُوَ على كُلّ شيء قَدِيرٌ عَشْرَ مَرَّاتٍ، كانَ كَمَنْ
أعْتَقَ أَرْبَعَةَ أَنْفُسٍ مِنْ وَلَدِ إِسْمَاعِيلَ ”رواه البخاري ومسلم.

Abu Ayyub Ansoriy roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda zikr
qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim: «La ilaha
illallohu vahdahu la shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va
huva ʻala kulli shayʻin qodiyr”, deb oʻn marta aytsa, Ismoil (alayhis-
salom) zurriyotidan toʻrt kishini ozod qilgandek boʻladi», dedilar
(Buxoriy va Muslim rivoyatlari). (Maʼnosi: Allohdan boshqa iloh
yoʻq, U yolgʻiz, Uning sherigi ham yoʻq, butun mulk Uniki, hamd
ham Unga xos va U har bir narsaga qodirdir).

عن أبي هريرة رضي الله عنه أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال: “من قالَ: لا إِلهَ إلا الله
وحده لا شَريكَ لَهُ، لَهُ المُلْكُ، وَلَهُ الحَمْدُ، وَهُوَ على كُلّ شئ قَدِيرٌ في يَوْمٍ مائَةَ مَرَّةٍ كانَتْ لَهُ عِدْلَ
عَشْرِ رِقابٍ، وكُتِبَتْ لَهُ مائة حَسَنَةٍ، ومُحِيَتْ عَنْهُ مائة سَيِّئَةٍ، وكانَتْ لَهُ حِرْزاً مِنَ الشَّيْطانِ يَوْمَهُ
ذلكَ حتَّى يُمْسيَ، ولَمْ يَأتِ أحَدٌ بأفْضَلَ مِمَّا جاءَ بِهِ إِلاَّ رَجُلٌ عَمِلَ أكْثَرَ منه”

Shunga oʻxshash yana bir hadis Abu Hurayra roziyallohu anhudan
rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim: «La
ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu, lahul mulku va lahul
hamdu va huva ʻala kulli shayʻin qodiyr”, deb bir kunda yuz marta
aytsa, oʻnta qul ozod qilgan barobarida boʻladi. Unga yuzta
hasanot yozilib, yuzta gunoh oʻchiriladi. Bu zikr shu kun to
kechgacha uning uchun shaytondan himoyalovchi qoʻrgʻon boʻladi.
Uning bu amalidan afzalroq ishni hech kim qila olmaydi. Faqat shu
kalimalarni koʻproq aytgan kishi oʻzib ketishi mumkin», dedilar
(Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari).

  • MP3 VERSIYASI

Muallif: SHERZOD G’IYOS O’G’LI

IZOH QOLDIRING

Your email address will not be published. Required fields are marked *