TAOMDAN SO’NG AYTILADIGAN DUO

أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: “ مَنْ أَكَلَ طَعَامًا، ثُمَّ قَالَ: الْحَمْدُ لِلَّهِ الَّذِي أَطْعِمْنِي هَذَا
الطَّعَامَ وَرَزَقَنِيهِ مِنْ غَيْرِ حَوْلٍ مِنِّي وَلَا قُوَّةٍ، غُفِرَ لَهُ مَا تَقَدَّمَ مِنْ ذَنْبِهِ”

 Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: “Kim
ovqatlangandan soʻng: “Alhamdu lillahillaziy atʼamaniy hazat-
toama va rozaqoniyhi min gʻoyri havlin minniy va la quvvah”desa,
uning oʻtgan gunohlari kechiriladi;. (Termiziy rivoyati).

Duoning maʼnosi: “Bu taomni men tomondan hech qanday harakat
va quvvatsiz yedirib, rizq qilib bergan Allohga hamdlar boʻlsin!”

Yaʼni: agar Alloh taolo bu taomni menga muyassar qilmaganda
erishmagan boʻlardim. Alloh taolo aytadi: “Sizlar ekayotgan
ziroatlaringiz haqida hech oʻylab koʻrdinglarmi? Uni sizlar
undirib-oʻstirurmisizlar yoki Biz undirguvchimizmi?! Agar Biz
xohlasak, albatta, uni quruq choʻp qilib qoʻygan boʻlur edik,
shunda sizlar ajablangan hollaringizda. “Shak-shubhasiz,
bizlar ziyon koʻrguvchilarmiz. Yoʻq, bizlar (barcha rizqu-roʻzdan)
mahrum boʻlguvchilarmiz”, (deb nadomat qilib qolgan boʻlur
edingizlar). (Voqea, 63-67).

  • MP3 VERSIYASI

Muallif: Sherzod G’IYOS O’G’LI

IZOH QOLDIRING

Your email address will not be published. Required fields are marked *