SUBHANALLOHI VA BIHAMDIHI ZIKRINING FAZILATI

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam aytdilar: “Kim kunda yuz
marta “Subhanallohi va bihamdih” deb aytsa, uning gunohlari
dengiz koʻpiklari qadar koʻp boʻlsada, kechiriladi” (Muslim rivoyati).

Keling, bu zikrning qisqacha maʼnosi bilan tanishamiz: “Alloh taolo
meni tasbeh aytishga muvaffaq qilgani uchun Unga hamd aytib,
barcha kamchilik va nuqsonlardan pok deb bilaman”, demakdir.
Bu duoni kunning qaysi qismida aytishning unchalik ahamiyati
yoʻq. Uni kunning boshida, oʻrtasi yoki oxirida va hatto boʻlib-boʻlib
aytsa ham, shu ajrga ega boʻlaveradi. Lekin eng afzali uni bir
vaqtda 100 marta ketma-ket aytishdir.

“Kechiriladigan gunohlar”dan maqsad Allohning haqlari borasida
qilingan gunohlardir. Bandalarning haqlari esa ularni roziligini
olmasdan kechirilmaydi.

“Dengiz koʻpiklari” deganda gunohlarning koʻpligi nazarda
tutilmoqda.

  • MP3 VERSIYASI

Muallif: Sherzod G’IYOS O’G’LI

IZOH QOLDIRING

Your email address will not be published. Required fields are marked *