MUKAMMAL TAHORAT FAZILATI

Usmon ibn Affon raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: “Rasululloh
sollallohu alayhi va sallamnıng: “Kimki tahoratni aʼlo darajada
amalga oshirsa, uning gunohlari jasadidan, hattoki tirnoqlari
ostidan chiqib ketadi”, deganlarini eshitdim” (Muslim rivoyati).

Demak, tahorat qilish nafaqat qoʻl-oyoqlar, balki uning tirnoq ostiga
oʻxshash nozik oʻrinlaridan ham gunohlarning toʻkilishiga sabab
boʻlar ekan. Bu kabi hadislar tahoratning naqadar ulugʻ bir ibodat
ekaniga dalolat qiladi. Shunday ekan, bu amalni qilayotgan vaqtda
moʻmin kishi qoʻyidagi narsalarni his qilishi kerak boʻladi:

Ushbu amali bilan Alloh taologa qurbat hosil qilishni niyat qilish.

Tahorat qilayotganda Alloh taoloning: “Ey moʻminlar, namozga
turganingizda yuzlaringizni hamda qoʻllaringizni tirsaklarigacha
yuvingiz, boshlaringizga masʼh tortingiz (yaʼni nam qoʻllaringiz bilan
silangiz) va oyoqlaringizni toʻpiqlarigacha yuvingiz!” degan
rabboniy buyrugʻiga boʻysunayotganini his qilishi kerak.

Tahorat qilayotib Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning
sunnatlariga ergashayotganini tasavvur qilish.

Tahorati uchun Alloh taolodan buyuk ajru savoblarni umid qilish.

  • MP3 VERSIYASI

Muallif: Sherzod G’IYOS O’G’LI

IZOH QOLDIRING

Your email address will not be published. Required fields are marked *