IXLOS VA RIYO

Ikki kishi yonma-yon namoz o’qiydi, ro’za tutadi, bir vaqtda haj qilishadi, yoki ikkisi ham Qur’on o’qiydi. Lekin ularning orasida yer bilan osmonchalik farq bor. Nega? Axir ikkalasi ham bir xil namoz o’qiydi, bir xil ro’za tutadi, ikkisi ham ayni haj amallarini bajaradi-ku! Biri kalomullohni o’qyapti, ikkinchisi ham shu vaqtning o’zida ayni shaklda Qur’on o’qimoqda…
Unda oralaridagi farq nima?..
Farq shuki, ulardan biri bu amallarni ixlos bilan, faqat Alloh uchun qiladi, Ikkinchisi esa riyo qilib, xo’jako’rsinga qiladi.
Biri mazkur ammalrini olamlar Robbi Alloh taoloning roziligi, rahmati va fazli uchun qilyapti, ikkinchisi odamlarning maqtovi va olqishi chun qilyapti. Demak, ularning birinchisi ixlosli, ikkinchisi riyokor deyiladi. Ular fazilatda ham, oqibatda ham aslo teng bo’la olmaydi.
Insonlar har amalida ixlosli bo‘lishga buyurilgan:

وَمَا أُمِرُوا إِلَّا لِيَعْبُدُوا اللَّهَ مُخْلِصِينَ لَهُ الدِّينَ حُنَفَاءَ وَيُقِيمُوا الصَّلَاةَ وَيُؤْتُوا الزَّكَاةَ ۚ وَذَٰلِكَ دِينُ الْقَيِّمَةِ

“Holbuki, ular faqat yagona Allohga, u zot uchun dinni xolis qilgan, To‘g‘ri yo‘ldan og‘magan hollarida ibodat qilishga va namozni to‘kis ado etishga hamda zakotni (haqdorlarga) ato etishga buyurilgan edilar. Mana shu to‘g‘ri yo‘ldagi (millatning) dinidir. (Bayyina, 5).

Niyatni to’gi’rlash insoniyat uchun juda qiyin ish aslida.
Sufyoni Savriy rahimahulloh: “Men niyatimni to’g’irlashda qiynalganimchalik boshqa narsalarda qiynalmadim, chunki u har lahzada o’zgarib turadi”, deganlar.
Yana u zot aytadilar: “Qalbimni to’g’irlash uchun 40 yil kurashdim”.
Bu – bugungi kunda barcha mo’minlarning tashvishi. Lekin shunday bo’lsa ham mo’min banda doim oldin niyatini tog’irlab, keyin amal qiladi.
Munofiqlar-chi? Ular doim riyolorlik qiladilar.
Alloh taolo Qur’oni karimda riyokorlar haqida shunday deydi: “Bas, namozlarini «unutib» qo‘yadigan «namozxon»larga halokat bo‘lgayki. Ular riyokorlik qiladigan va ro‘zg‘or buyumlarini ham (kishilardan) man’ qiladigan (ya’ni biron kishiga foydalari tegmaydigan) kimsalardir!  (Ma’un surasi).

Yana bir oyatda shunday deyiladi: “Va qachon namozga tursalar dangasalik bilan, xo‘jako‘rsinga turadilar va Allohni kamdan-kam yodga oladilar” (Niso, 142).

Ya’ni ular namozlarini faqat odamlar uchun o’qiydilar.
Endi aytning-chi, olamlar Parvardigori uchun, faqat va faqat Uning roziligi, Uning rahmati, Uning maqtovi uchun namoz o’qigan ixlosli odam bilan o’zi kabi bir odam uchun, ularnig maqtovi, olqishi yoki ko’tar-ko’tari uchun namoz o’qiydigan riyokor odam teng bo’la oladimi? Yoq, aslo teng bo’lmaydi!
Qiyomat kunida jahannamga uloqtiriladigan ilk kishilar kimligini bilasizmi? Ularning biri jang maydonida vafot etgan, biri Qur’onni o’rganib, boshqalarga ham o’rgatgan kishi va yana biri molu-davlatini muhtojlatga ulashgan saxovatpesha kishidir. Holbuki, ular bilan ayni amallarda yoynma-yon bo’lgan yoki shu amallarni ayni ko’rinishda bajargan kishilar oliy Jannatda bo’ladilar. Nega? Chunki ular ushbu amallarni ixlos bilan bajargandilar. Faqat Alloh taoloning roziligi uchun bajargandilar.
Bular esa birlari “pahlavon” degan nom uchun, ikkinchisi “qori” deb nom olish uchun, uchinchisi esa “saxiy”, “saxovatpesha”, deyishlari uchun ushbu amallarni bajargandilar. Ular maqsadlariga erishdilar – odamlar ularni maqtashdi, qahramon deyishdi, qori dedi, xotamtoy dedi… lekin ixlos evaziga beriladigan oxirat mukofotlaridan mahrum bo’lishdi.
Ha, oralaridagi farq ularning qalblarida edi. Birlari ixlos bilan, birlari esa riyo bilan qilgan edi amallarini.
Darhaqiqat, riyo buyuk mallarni-da yo’qqa chiqaradi. Shuning uchun ham Rasululloh sollallohu alayh vasallam bu narsadan tashvish chekib, riyoni kichik shirk deb aytdialr:

“أخوف ما أخاف على أمتي الشرك الأصغر

“Ummatimga eng qo’rqqan narsam kichik shirkdir”.

Alloh taolo faqatgina ixlos bilan qilingan amalni qabul qiladi: “Ogoh bo’linki, xolis din yolg’iz Allohnikidir”.
Hadisi qudsiyda Alloh taolo shunday deydi: “Men sherikka eng behojat Zotman. Kim bir amal qilib, unda Mendan boshqani ham sherik qilsa, o’ziniyam, shirkini ham qabul qilmayman”.

Ixlosning ajoyıb xususıyatlarıdan biri shuki, muxlıs kishilar amal qilmasdan turib biror amalga va’da qilingan ajr-savobning barchasini qo’lga kiritishi mumkin. Lekin amal qiluvchi odam riyo bilan shu amalni to’liq bajarsa-da, unga zarracha ajr olmasigi mumkin.
Ixlos nafaqat oxiratda, balki bu dunyodayam najotdir. U eng katta dushman bo’lgan shaytonning vasvasasidan ham himoya bo’ladi:
“(Iblis) aytdi: «Endi, Sening qudratingga qasamki, albatta ularning hammasini yo‘ldan ozdirurman.
Faqt ulrning orasidagi (ayrim) ixlosli bandalaringgina (ozmay qolurlar). (Sod, 82-83).
Muxlis odam doim amalini yashirib yuradi. Lekin karami keng bo’lgan Zot uni odamlarga bildirib qo’yadi yoki shu ishini odamlarga mo’tabar qilib qo’yadi.

Alloh taolo Rasululloh sollallohu alayhi vasallmaga buyurib, shuday deydi: Ayting: “Men Allohga dinni Unga xolis qilgan holda ibodat qilishga buyurilganman” (Zumar, 11)

Aka-ukalar, opa-singillar, ixlos amalning ruhidir. Har qanday amal shu ruh bilan tirik va boqiy bo’ladi. Ruhsiz jasadning hech qanday qiymati bo’lmaganidek, ixlossiz amal ham qiymatsiz va e’tiborsizdir.

  • MP3 VERSIYASI

Muallif: Ikrom SHARIF

IZOH QOLDIRING

Your email address will not be published. Required fields are marked *