YAXSHI VA YOMON

Alloh taolo yaratgan narsalarni ikki qismga ajratish munkin: pokiza va
nopok narsalar. Ularning pokizalari halol, nopoklari esa haromdir:

“Ey odamlar, yerdagi halol-pok narsalardan yenglar va
shaytonning izidan ergashmanglar! Shubhasiz, u sizlarning ochiq
dushmaningizdir” (Baqara, 168).

​Abu Hurayra roziyallohu anhu Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va
sallamdan rivoyat qiladi: “Darhaqiqat, Alloh pokdir va pok narsani
qabul qiladi. – So‘ngra ushbu oyatni o‘qidilar: “Ey payg‘ambarlar,
halol-pok taomlardan yenglar va yaxshi amallar qilinglar! Albatta,
Men qilayotgan amallaringizni bilguvchidirman”(Mo‘minun, 51).

Va yana: “Ey odamlar, yerdagi halol-pok narsalardan yenglar va
shaytonning izidan ergashmanglar! Shubhasiz, u sizlarning ochiq
dushmaningizdir” oyatni o‘qidilar. (Baqara, 168).

So‘ngra Payg‘ambar alayhissalom safari uzoq davom etgan, sochlari
to‘zib, chang-g‘ubor qoplagan kishi haqida zikr qildilar. U qo‘lini
osmonga ko‘tarib: “Ey Rabbim, ey Rabbim, deb duo qiladi. Ammo
uning yegan taomi harom, ichgan ichimligi harom va kiygan kiyimi
haromdir. Harom bilan boqib, katta qilingan. Endi qanday qilib uning
duosi ijobat bo‘lsin?!” dedilar”.​

Mazkur hadisdan Islomda halol va harom masalasi o‘ta muhim masala
ekanini tushunamiz. Qanchalik xokisor, qanchalik ixlosli bo‘lmasin
kishi agar halqumiga kirayotgan taomi, kiyayotgan kiyimlariga
e’tiborli bo‘lmasa, duolari qabul bo‘lmaydi. Haromdan yeb-ichgan
yoki harom kiyim kiygan odamning duosi qabul bo‘lmaydi.
Solihlardan birlari aytadi: “Solih amal qiluvchi odamda beshta xislat
jamlansa, bajargan amali mukammal bo‘ladi va Alloh uni qabul qiladi.
Ular: “Allohni tanisa; haqni tanisa; amali sunnatga muvofiq bo‘lsa;
ixlos bilan bajarsa; taomi va ichimligi haloldan bo‘lsa”.
Alloh taolo bu haqda shunday deydi: “(Har bir) xush so‘z Unga
yuksalur va yaxshi amalni ham (Alloh O‘z dargohiga) ko‘tarur”.
(Fotir, 10).

Demak, halol-harom masalasi inson hayotining barcha jabhasini: eb
ichish, kiyinish, hatto boshqalar bilan muomala qilishini ham o‘z
ichiga oladi.

Erkaklarning begona ayollar bilan zaruratsiz muloqot qilishlari.
Ayniqsa, xilvatda qolishlari o‘ta xafvli. Yoki boshqalarni g‘iybat
qilish, odamlar sha’niga tuhmat qilish, yolg‘on gapirish, insonlarning
ayblarini ochish, zulm bilan boshqalarning molini totrib olish,
poraxo‘rlik qilish, o‘g‘irlik qilish va boshqalar.

Alloh taolo har qanday nuqson va kamchilklardan xoli Zot. Poklikni
yaxshi ko‘radi va bandalaridan faqat pok narsalarni qabul qiladi. Ya’ni
amallar pok-halol narsalarni yeyish, halol yo‘l bilan topilgan liboslarni
kiyish orqali qabul bo‘ladi. Nopok yurish, harom yeb-ichish,
haromdan kasb qilib kiyinish qalbni buzadi, solih amallarning qabul
bo‘lishidan to‘sadi.

Nabiy (s.a.v.) Sa’ad ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhuga: “Ey Sa’d,
halqumingni pokla, duosi qabul qilinadigan kishilardan bo‘lasan”,
deganlar.
Bundan tashqari, topayotgan mol-dunyosiga e’tibor bermagan kishini
qiyomat kunida qattiq hisob kutadi.
Rasululloh (s.a.v.) marhamat qilib shunday dedilar: “Qiyomat kunida
banda to‘rt narsa: umrini nimaga sarflagani, tanasini nimada
qaritgani, ilmiga qanchalik amal qilgani va molu-davlatini qay yo‘l
bilan topib, qay o‘ringa sarflagani xususida so‘ralmagunicha qadami
joyidan siljimyadi”.
Ya’ni halol bo‘lsa, halolining, harom bo‘lsa, uning ham hisobini
berishi tayin.
Rasululloh (s.a.v.) yana: “Harom bilan unib-o‘sgan tana Jannatga
kirmaydi, do‘zax unga haqliroqdir!” deganlar.
Shunday ekan, musulmon odam yeb-ichishiga, kiyim-kechagiga
e’tiborli bo‘lishi kerak. Chunki harom luqma faqat amallarning qabul
bo‘ishidan to‘sishi bilan birgalikda jannatdan ham mahrum qiladi.

Nafaqat o‘zi, balki oila, farzandlarga ham keltirayotgan taomlariga
e’tiborli bo‘lish kerak.
Shuning uchun ham o‘tmishda o‘tgan muslima, muxlisa, fozila
bo‘lgan momolarimiz rizq-ro‘z topish uchun jo‘nab ketayotgan
erlariga: «Harom kasb qilmang. Allohdan qo‘rqing. Biz ochlik-
nochorlikka chidaymiz, lekin do‘zax azobiga chiday olmaymiz!», –
der ekanlar.
Shunga ko‘ra musulmon odam harom va shubhali narsalardan ham
tiyilmog‘i lozim boladi.

“Halol ochiq-oydindir, harom ham ochiq oydindir. Ammo
ikkalasining orasida shubhali bo‘lgan narsalar bor. Odamlarning
ko‘pi ularni bilmaslar. Kimki shubhali narsalardan o‘zini tiysa, dinini
kamchiliklardan, obro‘yini ta’nadan saqlabti. Shubhali narsalardan
tiyilmagan kishi esa birovning ekini chekkasida qo‘y boqayotgan
cho‘ponga o‘xshaydi. Uning qo‘ylari ekinga tushish ehtimoli bordir.
Ogoh bo‘ling-ki, har bir podshohning o‘z chegarasi bor. Allohning
chegarasi harom qilingan narsalardir. Ogoh bo‘ling, kishi badanida
bir parcha go‘sht bor, agar u tuzalsa, a’zolarinig barchasi tuzaladi,
agar u buzilsa, a’zolarining barchasi buziladi. Ogoh bo‘ling, u
qalbdir; (Buxoriy rivoyati).

Mo‘min banda halol rizq talabida harakat qilar ekan har qadamiga ajr
oladi. Chunki u Alloh taoloning buyrug‘iga ko‘ra harakat qilayotgan
bo‘ladi. Natijada taqvosi ziyodalashadi, qalbi poklanadi, ixlosi ziyoda
bo‘ladi, amali Allohning huzurida maqbul amalga aylanadi.
Qo‘limizdagi molu dunyomizga, qilayotgan kasbimizga e’tiborli
bo‘laylik! Shuni bilaylikki, dunyodagi eng katta zuhd haromdan
chetlanishdir. Harom molu dunyoning eng yomoni, kasblarning
nopoki, amallarning buzug‘i va o‘z egasi uchun oxiratda kulfat
bo‘ladiganidir.

Haromda baraka bo‘lmaydi, undan sadaqa qilinsa ham savob olmaydi,
faqat sadaqasi emas, balki shu haromlardan chetlanmagunicha hech
bir ibodati qabul qilinmaydi!

Bu borada ham habibimiz Muhammad (a.s.v.) duo qiliganlaridek duo
qilib, shunga ko‘ra sa’y-harakatda bo‘laylik:

اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ عِلْمًا نَافِعًا وَرِزْقًا طَيِّبًا وَعَمَلًا مُتَقَبَّلًا

“Allohim, sendan foydali ilm, pokiza rizq va qabul boladigan amal
so‘rayman!”

  • MP3 VERSIYASI

Muallif: Ikrom SHARIF

IZOH QOLDIRING

Your email address will not be published. Required fields are marked *