Gunohlar qalbimni ayladi qora,
Taqvoda yurmoqqa qolmadi chora.
Uxloqi bu qalbim uyg’onsa zora,
O’lımni eslating menga, birodar!

Taqvodan yuribman olislab yiroq,
Jannatmi, jahannam, bormog’im so’roq,
Mayliga jannatni eslatmang biroq,
O’lımni eslating menga, birodar!

Ko’p dunyo talashib surishib qoldim,
Zamonam zayliga kirishib qoldim.
Bir to’da kaslardek qorishib qoldim,
O’limni eslating menga, birodar!

Shu damda, men uchun bir bora kuying,
Hidoyat duosin ustimdan quying,
Qadrimga yig’lashni bir chetga qo’ying,
O’lımni eslating menga, birodar!

Eslating, o’limim yodimda tursin,
Ko’zlarim har lahza qabrimni ko’rsin,
Dunyoning arzimas lazzati qursin,
O’lımni eslating menga, birodar!

Bir umr rohatda ko’ngil to’lmadi,
Dunyoga harisman, hirsim o’lmadi.
Bu dunyo unchalik “shirin” bo’lmadi,
O’limni eslating menga, birodar!

Ko’p “osiy” ekanim bildi birovlar,
Holimga yig‘ladi hattoki yovlar.
Boshimda muhabbat savdosi g’ovlar,
O’lımni eslating menga, birodar!

Begona sezarsan o’zni uyingda,
Shaytonlar xizmatda tursa to’yingda.
Qo’limni orqamga bog’lab qo’yingda,
O‘lımni eslating menga, birodar!

To’ymayman poyimga to’kilsa zarlar,
Hasratim sog’ turib, tinglasa karlar.
Odamlar miyamni kunda zaharlar,
O’limni eslating menga, birodar!

Jismimga o’tkazdi iblis makrini,
Kech bo’lmay yo’q qilay dildan kibrni,
Dahshat qoplasin munkar-nakrni,
O’limni eslating menga, birodar!

Ey nafsim, jannatni Robbingdan tilan,
Xorliging tan olib tuproqqa belan.
Har kuni Allohni eslatish bilan,
O’lımni eslating menga, birodar!

Azonlar yangrasa, men yursam garang,
Va’z o’tar joylarda o’ltirsam arang.
Azroil qo’lida turibman qarang,
O’lımni eslating menga, birodar!

Qo’limdan kelibdur har qanday usul,
Va lekin kelmabdi tahorat-g‘usl,
Ummatim desinlar Muhammad rosul,
O’limni eslating menga, birodar!

Yakunlar shu yerda kamina so’zin,
Kun kelib, jannatga berilsa izn,
Benasib qilmasin Allohim yuzin,
O’lımni eslating menga, birodar!
•┈┈┈┈┈••✦❀✦••┈┈┈┈┈•
Kanalga a’zo bo’lish👇
✉️ t.me/tvregiston

Abdurahmon Umar

BARCHA MAQOLALARINI KO'RISH

IZOH QOLDIRING

Your email address will not be published. Required fields are marked *