BIZ SENGA MUSONI QAYTARAMIZ / RABBIMIZ ALLOH!

Fir’avn Bani Isroilga hukmrollik qilib, ularni turli yollar bilan azobladi. Lekin Alloh taolo uni halok qilib, Bani Isroilga ozodlik berishni iroda qildi. Allohning xohishi, albatta bo‘ladi. Alloh xohlagan ishni biror bir to‘suvchi yoqdir. Allohning taqdirini, hukmini biror narsa o‘zgartira olmaydi. lekin odamlarning nazarlari juda qisqa, oyoglarining tagini ko‘radilar, xolos. Dunyoning hammasi bitta hodisa bilan tugab ketadi, deb o‘ylaydilar.

Bu hikoya yangi tug‘uladigan go‘dak qissasidan boshlanadi. Fir’avnnig halokati mana shu sababli amalga oshadi.

Alloh azza va jalla aytadi: Darhaqiqat, Fir’avn yerda (Misrda) tug‘yonga ketib, uning aholisini bo‘lib tashladi. Ulardan bir toifani (Isroil avlodi qavmini) xorlab, o‘g‘illarini so‘yar, ayollarini tirik qo‘yar edi. Albatta, u buzg‘unchilardandir. Biz esa u yerda xorlangan kishilarga marhamat qilishni, ularni (xorlikdan chiqarib, barchaga) peshvo zotlarga aylantirishni va ularni (Fir’avn mulkiga) merosxo‘r qilishni istaymiz. Yana ularni o‘sha yerda barqaror qilib, Fir’avn va (uning vaziri) Homonga hamda ikkovining lashkarlariga ular xavotirlanayotgan narsani ko‘rsatib qo‘yishni (istaymiz). Biz Musoning onasiga vahiy qildikki: “Uni emizaver. Bas, (uni o‘ldirib ketishlaridan) qo‘rqsang, uni daryoga tashlagin va qo‘rqmagin ham, qayg‘urmagin ham. Zero, Biz uni senga qaytaruvchidirmiz va uni payg‘ambarlardan qiluvchidirmiz”. Bas, Fir’avn xonadoni uni (o‘sib-ulg‘aygach) o‘zlariga “dushman va tashvish” bo‘lishi uchun tutib oldilar. Albatta, Fir’avn, Homon va ularning lashkarlari yanglishgan edilar. Fir’avnning xotini (unga): “(Bu bola) men uchun ham, sen uchun ham ko‘z quvonchidir. Uni o‘ldirmanglar. Shoyadki, uning bizlarga nafi tegsa yoki uni farzand qilib olsak”, – dedi. Vaholanki, ular (haqiqatni) sezmas edilar. (Qasos, 4-9).

Musoning onasi Allohning va’dasiga aniq ishonadi, vahiy qilingan narsani tasdiqlaydi. Bu o‘ylab topilgan narsa emas, balki ilohiy va’da edi. Shunday bo‘lsa ham, farzandi uchun xavfsirab, opasini jonatadi: Muso haqida surishtirgin, deya tayinlaydi.

Bandalariga mehribon, maxluqotlarining holidan xabardor Alloh Musoni onasiga qaytarib beradi. Onasi Musoni quchoqiga olib, emizadi, Allohning va’dasiga yanada ishonchi ortadi.

Alloh taolo bandalariga mehribondir, ularga rizq beradi, kasallarga shifo beradi, nochor holda Alloh taologa iltijo qilganlarning duosini ijobat qiladi.

Yana bandalariga berilgan ne’matlardan Allohning qudratini eslatib turadigan mo‘jizalarni-alomatlarni beradi. Jumladan, Alloh kofirlarga dunyo matosini cheklab qo‘ygan. Ya’ni Alloh xohlasa, ularni dunyo matosi bilan to‘ldirib tashlar edi. Odamlar kofirlar qo‘lidagi boyligini ko‘rib, zaif insonlar kufrga qarab ketishlari ehtimoli bor.

Alloh taolo sizu bizlarni o‘zining rahmatidan nasibador qilsin!

Muallif: Obidxon ABDULHAMID

IZOH QOLDIRING

Your email address will not be published. Required fields are marked *