ALLOH QALBLARNING MOLIKI

Gʼor asʼhoblari haqida hammamız eshitganmiz. Navqiron yigitlar
jaholat, shirk, toshlarga sigʼinish toʻlib toshgan jamiyatda
yashashgan. Odamlar ularning yakka Alloh taologa ishonishlarilini,
uning Oʻzigagina ibodat qilishlarini bilib qolishadi hamda
ular yoʻq qilmoqchi boʻladilar. Lekin Alloh taolo ularni qutqaradi:
ajoyib hodisa vositsadi qutiladilar. Qadim qadimdan bu hodisa
tillarda doston. Alloh taolo ular haqida shunday deydi:

وَرَبَطۡنَا عَلَىٰ قُلُوبِهِمۡ إِذۡ قَامُواْ فَقَالُواْ رَبُّنَا رَبُّ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلۡأَرۡضِ لَن نَّدۡعُوَاْ مِن دُونِهِۦٓ إِلَٰهٗا

Biz ularning dillarini (iymonlarini) quvvatlantirdik – oʻshanda
ular (zolim shoh qarshisida) turib dedilar: “Bizning
Parvardigorimiz osmonlar va yerning Parvardigoridir. Bizlar
Undan oʻzga biron «iloh”ga hargiz iltijo qilmaymiz”. (Kahf, 14).

Ha, qalblarning Moliki bo‘lgan Zot uni har tomonga buradi:
kimningdir qalbini hidoyat qilib, kimningdir qalbini oʻziga tashlab
qoʻyib, adashtiradi.

Alloh taolo u yigitlarga ehson qilib, qalblarini kuchli qilib qoʻydi, haq
yoʻlda mustahkam qildi.

Alloh taoloni tanigan moʻmin banda U Zotning naqadar qudratli
ekanini, oʻzining esa naqadar zaif va ojiz ekanini yaxshi biladi.

Parvardigoriga naqadar muhtoj ekani, Alloh taolo uning qalbiga
kuch bersagina najot topishiga ishonadi. Moʻmin oʻzining toat-
ibodatga beriliyotganini korsa, ezgu ishlarni qilishga
oshiqiyotganini his qilsa – bularning barchasi Parvardigorining
unga inʼomi ekanini idrok etadi. Bu ishlarga muvaffaq qilgani,
yordam qilgani uchun Parvardigoriga shukronalar qiladi. U Zotdan
yanada koproq hidoyat va togʼri yoʻlda sobitqadam boʻlishni
soʻraydi. Toat-ibodatdan mahrum boʻlganlarni koʻrganda ulardan
oʻzini baland koʻrmaydi, yuqoridan turib, muomala qilmaydi, “men
ulardan yaxshiman” degan oʻylarga bormaydi. Chunki qalblar
Yaratganing qoʻlidadir, najot topgan kim, topmagan kim – uni
yakka Alloh taologina biladi.

2

Kelishmovchilik, fikrlar qarama-qarshiligi boʻlib qolganda
bahslashayotganlardan koʻpchiligi xayoliy bir maqomga chiqib
olishadi. Toʻgʼri va notoʻgʼri yoʻlni ajratish uchun asossiz chizgilar,
shablonlar qoʻyib oladilar.

Bu ular haqiqat deb oʻylab olganlari xomxayoldan boshqa narsa
emas. Yoki oʻzlariga peshvo deb bilib olganlarga koʻr-koʻrona
ergashishdan iborat, xolos. Shunday boʻlsada, “Faqat biz haq
yoʻldamiz, boshqalar adashgan” deya faxrlanadilar. Hamma
musulmolarni oʻz ichiga sigʼdirgan dinga emas, insonlar oʻlchoviga
qarab kengayib torayadigan kichik bir doiraga mansubmiz deya
faxrlanadilar. Yaxshilikka, Alloh taologa chaqiradigan fozil
insonlarni adashganlar deb ayblaydilar. Aslida buning bir asosi
yoʻq, faqat oʻzi chizib olgan chizigʼiga tushmayatgani uchun ham
shunday qiladilar.

Hidoyat yoʻli maqtanchoqlik qilish, birovlarni ayblash maqomi
emas. Munozara samimilik, hammaga yaxshlikni ilinishga,
odamlarga shafqatli boʻlishga asoslanadi.

Faraz qiling, siz toʻliq haqiqat yoʻlidasiz, boshqalarning toʻgʼri deb
oʻylab olgan yoʻllarini zalolat ham deb hisoblaylik. Aslida haq yoʻlda
boʻlib qolganingiz oʻzinigizning dono, ziyrakliginingizdan emas,
balki bu xohlaganiga hidoyat berib xohlaganini adashtiradigan,
xohlagan bandasini qalbiga quvvat beradigan va insonni xohlab
turganidan toʻsib qoya oladigan Alloh taoloning inʼomidir.
Bu oʻrinda eng toʻgri yondashish nafs daʼvolaridan voz kechib,
boshqalardan o‘zni ustun sanashdan uzoq turish, fazilatni Alloh
taolodan deb tan olishimizdir.

Alloh taolo qalblarimizga quvvat bersin, ixtilofli masalalarda eng
toʻgʼrisiga yo‘llasin, O‘zining hidoyatidan ayirmasin!

  • MP3 VERSIYASI

Muallif: Obidxon ABDULHAMID

IZOH QOLDIRING

Your email address will not be published. Required fields are marked *