ALLOH HAMISHA HOZIRU NOZIR

Abdulloh ibn Mas’ud (r.a) deydi: “Baytullohda uch kishi to’planib
qolishdi, ikki qurayshlik, biri saqiyfdan, yoki ikkisi saqiyfdan biri
qurashiy qabilasidan. Ularning biri: “Alloh bizning so‘zlarimizni
eshitiyabdi deb o’ylasizlarmi?” dedi. Ikkinjchisi: “Agar ovozimizni
ko’tarsak eshitadi, pinhon gapirsak eshitmaydi”, dedi. Uchinchisi
esa: “Ovoz chiqarib gapirsak eshitadigan bo’lsa, pinhon
so’zlashsak ham eshitadi”, dedi. Shunda Alloh taolo quyidagi
oyatini nozil qildi:

وَمَا كُنتُمۡ تَسۡتَتِرُونَ أَن يَشۡهَدَ عَلَيۡكُمۡ سَمۡعُكُمۡ وَلَآ أَبۡصَٰرُكُمۡ وَلَا جُلُودُكُمۡ

“Sizlar (dunyoda gunoh ishlarda) quloqlaringiz, ko‘zlaringiz va
terilaringiz sizlarga guvoh bo‘lishidan yashirinmas edingizlar.
Lekin sizlar qilayotgan amallaringizdan ko‘pini Alloh bilmaydi,
deb o‘yladingizlar. (Fissilat, 22)

Mujodala surasi Alloh taologa eridan arz qilib Rasululloh sollallohu
alayhi va sallamga kelib bahslashayotgan ayolning so’zini Alloh
eshitgani haqidagi xabar bilan boshlanadi.
Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

أَلَمۡ تَرَ أَنَّ ٱللَّهَ يَعۡلَمُ مَا فِي ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِي ٱلۡأَرۡضِۖ مَا يَكُونُ مِن نَّجۡوَىٰ ثَلَٰثَةٍ إِلَّا هُوَ رَابِعُهُمۡ وَلَا
خَمۡسَةٍ إِلَّا هُوَ سَادِسُهُمۡ وَلَآ أَدۡنَىٰ مِن ذَٰلِكَ وَلَآ أَكۡثَرَ إِلَّا هُوَ مَعَهُمۡ أَيۡنَ مَا كَانُواْۖ ثُمَّ يُنَبِّئُهُم بِمَا
عَمِلُواْ يَوۡمَ ٱلۡقِيَٰمَةِۚ إِنَّ ٱللَّهَ بِكُلِّ شَيۡءٍ عَلِيمٌ

“Alloh osmonlardagi va yerdagi bor narsani aniq bilishini
ko‘rmadingiz — bilmadingizmi?! Uch kishining o‘zaro shivir-
shivirlari bo‘lsa, albatta U zot ularning to‘rtinchisidir, besh
kishining (o‘zaro shivir-shivirlari bo‘lsa), albatta, U zot ularning
oltinchisidir. (O’zaro sirlashayotgan kishilar) bundan oz
bo‘ladimi, yo ko‘p bo‘ladimi, albatta U zot qaerda bo‘lsalar
ham ular bilan birgadir. So‘ngra, Qiyomat kunida ularga qilgan
amallarining xabarini berur. Albatta, Alloh barcha narsani
bilguvchidir” (Mujodal, 7).

Alloh taolo ilmi ila, qurshovi ila ular bilan birgadir. Sirlarni ham,
pinhon so’zlashuvlarni ham, odamlar oshkor va yashirin
qilayotgan, deyotganlarini ham biladi. Bularning kichik-kattasini –
birortasini chetda qoldirmaydigan kitobga yozib qo’yadi.

Ba’zilar Alloh taologa qarshi ish uchun va gunoh qilish uchun
odamlar ko’z qulog’idan yashirinib pana joyda to’planadilar.
Odamlar ko’ziga esa boshqacha bo’lib ko’rinadilar. Bu hollaridan
xursand bo’ladilaru, ammo tepada buyuk Alloh borligini, ularning
so’zlarini eshitiyotganini va ishlarini bilib turganini unutadilar.

2

Birlari haqdori bilan yolg’iz qolib uning haqqini kamaytirib zulm
qiladi, haqdorining esa guvohi yo’q, haqqini isbot ham qila olmaydi.
Alloh taolo xabardor ekanini, AJRIM kunida haqdori dalil yoki
isbotga ehtiyoji qolmasligini unutadi.

Bir qancha yig’ilishlar bo’lib o’tadi, rejalar tuziladi, ba’zilaridan
odamlar xabar topadilar, yana qanchasi u majlis ahli bilan birga
ko’milib ketadi. Lekin bularning barchasi Alloh subhanahudan
yashirin qola olmaydi.

Yomonlik, zulm, tajovuzkor yovuz kuchlar yopiq majlislarda
birlashib ummatga qarshi reja qiladilar, Alloh taoloning bandalariga
suyiqasd qilmoqchi bo‘ladilar. Alloh taoloning amriga qarshi reja
qo’yayotganlar haqida ham xayoliy vahimalarni tasavvur qilib
oladilar. Odamlar ummat kelajagidan iztirobga tushadilar, din va
dindorlar istiqbolidan tashvishlanib faryod chekadilar.

Dushmanlar islohotlar haqida so’z ochgan, yuksalishga
chaqirganlarni ruhan sindirish uchun shunday ruhiy qurollarini
ishga so’ladilar.

Ummat bu so’zlarni anglab yetsa, Alloh taolo ular
so’zlayotganlarini, qilayotganlarini qurshovga olib turganinni,
nayranglarini eshitib-ko’rib turganini tushunib yetsa, Alloh taolo
ularning jahriy so’zlashganiyu, shivirlashlarini eshitayotganini,
hamma ishlar Allohning qo’lida ekanini biladi. Allohning qullari
bo’lmish insonlarga dushmanlik qilsa, nohaqlikka qarshi jiddiy
kurashsa, rejasi aslo rivoj topmaydi. Ummat qadriyatlarini o’yin
qilmoqchi bo’layotgan oqimlar aslo g’alaba qilolmaydi. Aslo!

  • MP3 VERSIYASI

Muallif: Obidxon ABDULHAMID

IZOH QOLDIRING

Your email address will not be published. Required fields are marked *