TOHIR ABDULG'ANI ABDULLOH

1975 yili Toshkent viloyati Bekobod tumanida ishchi-dehqon oilasida tug‘ilgan. 1989 yili Bekobod shahridafi 5-Hunar-texnika bilim yurtiga o‘qishga kirgan.
1995 yili “Ma’rifat” madrasasini a’lo baholarga bitirgach, Saudiya Arabistonidagi Madina Islom Universitetiga qabul bo‘ldi. 2003 yili Universitetni bitirib, tumandagi “Mulla Abdugaffor hoji” jome masjidida imom-hatiblik qila boshladi.
2006-2010 yillar davomida Toshkent shahar “Mulla Xolmirza ota” jome masjidida imomlik qilgan. 2010-2013 yillarda Misir Arab Respublikasida joylashgan Arab tili ilmiy-tadqiqiot Institutining aspiranturasida tahsil olgan.
2013 yildan Istanbul shahrida ta’lim-tarbiya sohasida faoliyat yuritib kelmoqda. Jumladan, “O‘rta Osiyo Ta’lim va Madaniyat Markazi”ni tashkil qilgan va 2014-2017 yillarda unga rahbarlik qilgan.
“Registon” madaniy-marifiy, diniy kanalining asoschisi va rahbaridir.

TOHIR ABDULG'ANI KO'RSATUVLARI

TO'G'RI QAROR

MAYOQ

HAYOT FALSAFASI

DURDONA UCHLIKLAR

OILADA MUAMMO BOR