SHERZOD G'IYOS O'G'LI

Sherzod Azizov Giyos o‘g‘li 1975 yilda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida o‘qituvchi oilasida tug‘ilgan. 1992 yil o‘rta maktabni bitirgan. 1999-2002 yillarda Madina shahridagi Islom Universitetida ta’lim oldi. Universitetni bitirgach, bir yillik “Islom huquqshunosligi” kursida tahsil olib, uni 2003 yil yaxshi baholar bilan bitirdi. 2010-2012 yillar mobaynida Qur’oni karim tafsiriga oid “Al-Utrujjah Al-Qur’aniyyah” kurslarida Qur’oni karim tafsirini to’liq o’qib chiqdi. 2016-2018 yillar orasida Istanbul shahridagi “O‘rta Osiyo Ta’lim va Madaniyat Markazi”da Arab tili va Qur’oni karimdan dars bergan. Hozirda Sabahittin Zaim Universitetining magistraturada tahsil olish bilan birgalikda “Registon” madaniy-ma’rifiy, diniy kanalida ham faoliyat yuritib kelmoqda.

SHERZOD G'IYOS O'G'LI KO'RSATUVLARI

ZIKR QALBLAR JILOSI

OYAT VA HIDOYAT