RAHMATULLOH DONIYOR

Rahmatulloh Doniyor 1970 yil 18 mayda Jizzax viloyatining Forish tumanida ishchi oilasida tugʻilgan. 1990-1996 yillarda TashDU ning oʻzbek filologiyasida rahsil olgan. 1996-2000 yillarda oʻzi ta’lim olgan maktabda oʻzbek tili va adabiyoti fanidan dars bergan. 2000-2003 yillarda “Hamkor” gazetasida maxsus muxbir, 2003-2004 yillarda “Mutarjim” shoʻba korxonasida, 2005-2007 yillarda “Musulmonlar taqvim kitobi” tahririyatida masʼul muharrir vazifalarida ishlagan. 2007-2008 yillarda “Koʻngil koʻchalari” gazetasida boʻlim mudiri, 2009-2013 yillarda “Ertash Qurilish Kimyo” korxonasida direktor lavozimida ishlagan. 2015-2017 yillarda O‘rta Osiyo Ta’lim va Madaniyat Markazida ishlagan. Hozirgi kunda “Registon” telekanalida muharrir boʻlib xizmat qilib kelmoqda.

RAHMATULLOH DONIYOR KO'RSATUVLARI

INTERVYU