ANASXON MAHMUD O'G'LI

Anas Rustamov Mahmud oʻgʻli. 1977 yil Namangan shahrida hunarmand oilada tugʻilgan. 1991 yili Namangan shahar Sobir Rahimov nomidagi 46- oʻrta maktabni bitirgan. 1994-1997 yillarda Diniy idora qoshidagi Imom Buxoriy nomli Toshkent Islom institutida tahsil olgan.
1997-2002 yillar davomida Saudiya arabistonidagi Madina Islom Universiteti o’qigan. 2002-2015 yillarda Madinai Munavvaradagi bir qator xayriya muassasalarida xizmat qilgan. Shu bilan birga idora, kompyuter, psixologiya sohasida bir necha kurslarda ta`lim olgan.
2015-2017 Istanbuldagi “Oʻrta Osiyo Taʼlim va Madaniyat markazi”da mudarrislik qilgan. Ayni vaqtda ushbu markazda rahbarlik qilish bilan birgalikda “Registon” telekanalida ham faoliyat yuritib kelmoqda.

ANASXON MAHMUD O'G'LI KO'RSATUVLARI

HAYOT HIKOYALARI