YAXSHILIK – QALB ROHATI

Muhammad Ibn Siyrin oʻtmishda oʻtgan buyuk olimlardan biridir. U kishi
kunlarning birida qarzdorligi natijasida qamalib qoladilar. Shunda qamoqda oʻtirgan paytlari aytgan ekanlar: “Bu musibat-balo mening boshimga nimaga kelganini bilaman. Bundan qirq yil avval bir insonni “Ey Muflis” (inqirozga uchragan, mol- dunyosidan ajragan)deya ayblagan edim. Oʻsha bir ogʻiz aytgan nooʻrin gapim, bugun mening boshimga balo keltirdi”.

Muhammad Ibn Sirinning bu hikoyalarini eshitgan boshqa ulamolar aytadilar: “U zamonda yashagan Muhammad Ibn Siyrin kabi odamlar musibatlarning sabablarini qilgan gunohlari, xatolari tufayli kelganini bilar edilar”.

Afsus va nadomatlar boʻlsinki, biz bugungi kunda shu qadar gunohlarning
koʻpligidan boshimizga kelgan musibatlarning sabablarini ham bila olmay qoldik. Qaysi bir gunohimiz uchun boshimizga bu qaygʻu kelganini farqlay olmas darajaga kelib qoldik ” deydilar.

Inson qalbining xotirjam, hayoti osoyishta boʻlishini istasa, juda ham
ehtiyotkor boʻlmogʻi lozim. Bu ham boʻlsa yaqinlaringizga, doʻst-
birodarlaringizga, qoʻyinki ahli musulmon, ahli insoniyatga yaxshilik nazari bilan qarash, Allohning ularga bergan imkonlaridan xursand boʻlmoq bu insonning qalbiga osoyishtalik, hayotiga halovat olib kiradi.

Bu bir qarashda juda ham oson bo‘lib koʻrinishi mumkin. Boshqalarning
yutuqlaridan, muvaffaqiyatidan, omadidan xursand boʻlish har kimning ham qoʻlidan kelavermaydi.

Aksar holatlarda inson qalbidagi shaytoniy hirs, gʻilli-gʻash, hasad sababidan boshqalarning yutuqlarini koʻrganida xursand boʻla olmaydi. Aslida xursand boʻlish moʻminlik sifati va vazifasi ekan.

Oʻzimizda buni bir mezon, bu bir meʼyor sifatida sinab koʻraylik. Tanigan-
tanimagan insonlarning yutuqlarini koʻrganimizda qalbimizda qanday jarayon sodir boʻlmoqda? Alloh barakasini bersin, Alloh xayrli va ziyoda qilaversin deya xursand boʻlyapmizmi? Yoki qalbimiz siqilyaptimi? Nega endi unda boʻldi, menda boʻlmadi? Nega uniki koʻp, meniki kam? Nega unga berdi, menga bermadi? degan savollar xayolingizning bir chekkasidan oʻtayaptimi?

Har kim oʻzi uchun hakamdir. Natija ham, hukm ham endi sizga, yolgʻiz
oʻzingizga ayon, oʻzingizga bogʻlik.

Alloh qalblarimizni rohatda, xotirjamlikda qilsin. Hammamizning ham
doʻstlarimizga, yaqinlarimizga, tanimagan va taniganlarimizga halol rizq bersin.

  • MP3 VERSIYASI

Muallif: Tohir ABDULG’ANI ABDULLOH

IZOH QOLDIRING

Your email address will not be published. Required fields are marked *