“NAMOYISH” KUNI

“Al-Haqqa” surasida Alloh azza va jalla marhamat qilib aytadi: “O’sha Kunda sizlar (hisobot uchun Allohga) ko’ndalang qilinursizlar, sizlarning biror siringiz maxfiy qolmas”.

Qiyomat kunida Alloh azza va jalla har birimizni alohida-alohida butun
xaloyiq oʻngida namoyish qilar ekan. Har birimiz oʻzimizga shunday savol bersak va bu xususda biroz mulohaza yuritsak.

“Yashayotgan hayotimiz bir film sifatida boshidan oxirigacha tasvirga
olinayotgan boʻlsa va bu tasvirda hech narsa maxfiy qolmayotgan boʻlsa Umringız bir film kabi boshidan soʻngiga qadar hech bir texnik ishlovlarsiz, “kesib tashlash”, “ulab qoʻyish”larsiz tasvirga olinayotgan boʻlsa. Eng muhimi ushbu film rejissyori oʻzingiz boʻlsahgiz. Mana shu hayot filmi boshqalar koʻz oʻngingizda bir kun kelib namoyish qilinadigan boʻlsa…”

Shu filmni xotirjam tomosha qila olasizmi? Alloh azza va jalla, jamiyki
paygʻambarlar, malaklar hamda butun mahluqotlar koʻz oʻngida umringizning har bir daqiqasini uyalmasdan birgalikda tomosha qila olasizmi?

Agar javobingiz “Ha” boʻlsa, qanday aʼlo! Barchamizga ana shunday goʻzal
umr kechirmoqlik nasib etsin. Agar “Yoʻq” deya javob bersangiz, hali
umringizning goʻzal bir film boʻlishi uchun vaqtingiz bor.

Shu paytgacha “yomon rejissyor” boʻlgan boʻlsangiz, mana shu savolni berganingizdan boshlab, yaxshilash, goʻzallashtirish imkoniyati bor ekaniga shukr qiling va oʻzgaring.

Alloh azza va jalla davom etib “U maydonda har bir moʻminning amallar
kitobi qoʻliga beriladi”, deydi.

Agar kimning amallar kitobi oʻng tarafidan berilsa, u qoʻrqmasdan, xursand boʻlib, oʻz kitobini boshqalarga namoyish qila olar ekan. Alloh saqlasin, agar amallar kitobi chap tarafdan berilsa, u inson “koshki edi bu amallar kitobim menga umuman berilmaganida edi” deb nadomat chekar ekan.

Alloh taolo barchalarimizni goʻzal hayot yashab, amallar kitobimizni oʻng
tarafdan olishimizni nasib etsin.

  • MP3 VERSIYASI

Muallif: Tohir ABDULG’ANI ABDULLOH

IZOH QOLDIRING

Your email address will not be published. Required fields are marked *