NAJOT YO’LI / MAYOQ

Muallif: Tohir ABDULG’ANI ABDULLOH

Alloh taolo Asr surasida marhamat qilib aytadi:

﴿وَالْعَصْرِ (1) إِنَّ الْإِنْسَانَ لَفِي خُسْرٍ (2) إِلَّا الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ وَتَوَاصَوْا بِالْحَقِّ وَتَوَاصَوْا بِالصَّبْرِ (3)﴾

Asrga qasamki, har bir inson ziyon baxtsizlikdadir! Faqat iymon keltirgan va solih amallar qilgan, bir-birlariga Haq yoʻlini tavsiya etgan va bir-birlariga sabrli boʻlishni tavsiya etgan zotlargina najot topguvchidirlar.

Eʼtibor qilgan boʻlsangiz, yonimizda chin doʻstimiz boʻlmasa, iymon va solih amallarimiz najot topmogʻimiz uchun yetmas ekan. Iymon, goʻzal amal va yaxshi doʻst bu dunyoda najot topishimiz uchun xizmat qilar ekan.

Yaxshilikka, toʻgʻri yoʻlga, haqqa chaqiradigan va ayni paytda sabrga boshlaydigan yaqinimiz, doʻstimiz boʻlmagunicha bu dunyoda panohimiz, najotimiz ham boʻlmaydi.

Mehribon Allohdan barchamizni doʻstlarimizga nisbatdan eng avvalo sodiq, yaxshi doʻst boʻlishimizni va bizlarga ham yaxshilikka chaqiruvchi, toʻgʻrilikka boshlovchi solih doʻstlar nasib qilishini soʻraymiz.

IZOH QOLDIRING

Your email address will not be published. Required fields are marked *