MUAMMOLARDAN CHIQISH YO’LI

Inson qalbini poklash, qalbınıng xotirjam va sokin boʻlishida, xulqi, feʼl-atvori tuzalishida istigʻfordam muhim narsa yoʻq. Inson istigʻfor aytar ekan, qalbi poklanadi, nafsi sokinlashadi va axloqi goʻzallashib boraveradi.

Rasulalloh sollallohu alayhi vasallamga Alloh oʻzining kalomida shunday
buyuradi “Robbingizga hamdu sano ayting! Va u zotga istigʻfor ayting. Alloh
tavbalarni qabul qilguvchi zotdir.” Rasulalloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qilib, “Ey insonlar! Allohdan tavba talab qilinglar. Allohga istigʻfor aytinglar, men bir kunda yuz martadan koʻproq istigʻfor aytaman” deb, siz-u bizga nasihat qildilar.

Paygʻambardek begunoh zot bir kunda yuz marotaba, boshqa bir manbada esa yetmish marotaba istigʻfor aytishlari keltirilgandir.

Yana Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom: “Kimki istigʻforni doimiy
aytsa, Alloh taolo u insonga har bir muammosidan chiqishga yechim beradi. Alloh taolo uning barcha gʻamlarini ketkizib qoʻyadi. Doimiy istigʻfor aytib yuradigan bandalarining boshiga biror kulfat kelganida undan qutilish yoʻllarini berib qoʻyadi. Alloh taolo bunday moʻminlariga hech ham oʻylamagan yeridan rizq beradi” deb marhamat qilgan ekanlar.

Tilarimiz Alloh azza va jallaga tavba qilishda, istigʻfor aytishda bekamu koʻst boʻlsin. Alloh barchamizning xatolarimizni, kamchiliklarimizni, gunohlarimizni kechirsin!

  • MP3 VERSIYASI

Muallif: Tohir ABDULG’ANI ABDULLOH

IZOH QOLDIRING

Your email address will not be published. Required fields are marked *