INSON QADRINING O’LCHOVI

“Sizlarning eng ulugʻ kishilaringiz kim?” deya Basra ahlidan soʻraganlarida
“Hasan Basriy” deb javob berdilar.

Yana soʻradilar: “U kishi bunday darajaga qanday erishdi?” “Basra ahli u kishining ilmiga muhtoj boʻldi. Lekin u zot Basra ahlining yordamidan behojat boʻldi. (Yaʼni, oʻrgatgan ilmi evaziga hech narsa soʻramadi.)” deb javob beroshdi.

Insonning nasl-nasabi, boy-kambagʻalligi u qadar muhim emas. Balki ilmi, iymoni, taqvosi va xulqi-odobi bilan bu dunyoda ham, u dunyoda ham eng yuqori martabalarga koʻtarilar ekan.

Nasl-nasabi unchalik muhim emas der ekanmiz, ajdodlari oddiy choʻpon, yoki dehqon, yoki sultonlar naslidan boʻlgan insonni ulugʻlik pogʻonasiga goʻzal xulqi, aqlu zakovati, ilm-hunari olib chiqishi mumkin.

Inson oʻrgangan ilmi, sohib boʻlgan xulqi, odobi, toat-ibodati hamda goʻzal
amallari bilan nafaqat bu dunyosini farovon kechiradi, balki oxirati uchun ham zamin hozirlaydi.

Alloh ilmimizni ziyoda, kasbimizni xayrli, feʼlimizni goʻzal qilsin! Barchamizga ikki dunyoning saodatiga erishmoq nasib etsin!

  • MP3 VERSIYASI

Muallif: Tohir ABDULG’ANI ABDULLOH

IZOH QOLDIRING

Your email address will not be published. Required fields are marked *