G’IYBAT

Shunday bir gunoh borki, odam bolasining juda ozchiligi bu gunohdan omonda qoladi. Bu gʻiybatdir.

Abdulloh ibn Vahab aytadilar: “Men agar birorta odamni gʻiybat qiladigan boʻlsam buning jazosi oʻlaroq, nafsimni tarbiyalash uchun bir kun roʻza tutaman deb qasam ichib, oʻzimga-ozim vazifa qoʻydim. Gʻiybat qilardim, roʻza tutardim, gʻiybat qilardim, roʻza tutardim. Tutayotgan roʻzalarimni koʻpligidan jismonan zaiflashib ketdim. Keyin endi biror kishini gʻiybat qiladigan boʻlsam, oʻsha odamning nomidan bir dinor sadaqa qilaman, deb oʻzimga shart qoʻydim. Natijada mol-dunyoga boʻlgan muhabbat mening gʻiybatdan tiyilishimga sabab boʻldi”.

Oʻtmishda oʻtgan eng mashhur olimlardan yana biri Inb Siriyn rohimahulloh shunday deydilar: “Bilib-bilmasdan kimnidir gʻiybat qilib qoʻyadigan boʻlsam, orqasidan oʻsha odam haqida bilgan eng yaxshi gaplarni zikr qilar edim”, deydilar.

Qiyomat kunida insonlar mahshar maydoniga togʻ-togʻ savoblar bilan kelishar ekan. Ammo foniy dunyoda dinimizda qaytarilgan amallarni, jumladan, gʻiybat qilib, zarar bergan odamlariga savoblaridan ulashish majburiyatida qolishar ekan.

Alloh taolo barchalarimizni bu kabi qaytarilgan amallardan yiroq qilsin!

  • MP3 VERSIYASI

Muallif: Tohir ABDULG’ANI ABDULLOH

IZOH QOLDIRING

Your email address will not be published. Required fields are marked *