“Hafs ibn Abul Os roziyallohu anhu aytadi: Umar ibn Xattob roziyallohu anhu bilan zogʻora non yer edik, odamlarni unni elamaslikka buyurar edi, “u ham taom“ derdi. Sut qoʻshilgan sarid (zogʻora non toʻgʻralib pishirilgan non-soʻlga oʻxshagan ovqat) yoki qattiq goʻsht qoʻshilgan sarid bilan tushlik qilar edik. Odamlar uncha yemas edilar.
Men unga:
– Ey amirul moʻminin, kishilar uylariga qaytganda bundan koʻra tuzukroq, yumshoqroq taomga qaytishadi, dedim.
– Bundan ortigʻini pishirishni bilmaydi, deb oʻylayapsan shekilli. Xohlasam ikki-uch qadoq mayizni suvga qaynatib, tindirib, keyin uning kiyik qonidek musaffo suvini bir idishga quyib qoʻyib, soʻngra ikki qadoq elangan bugʻdoy unidan xamir qilib, soʻlqillagan non pishirtirishim, undan keyin bir echki soʻydirib, terisini shilib, tandirga qoʻydirib, qip-qizil qilib chiqartirishim mumkin.
– Ey amirul moʻminin, lazzatli taomlardan ancha xabardor ekansiz, – dedim men.
– Ha, dedi Umar. – Oʻzidan boshqa haq maʼbud yoʻq boʻlgan zotga qasamki, yaxshi bilaman. Lekin Alloh taoloning ushbu oyatini eshitib turar ekanman, huzur-halovatimni dunyodayoq bitirib olishimni istamayman:
“Sizlar oʻz huzur-halovatlaringizni hayoti dunyolaringizdayoq ketkazdingiz va ulardan foydalanib boʻldingiz. Endi Bugun yerda nohaq kibr-u havo qilganlaringiz va itoatsiz boʻlganlaringiz sababli xorlik azobi bilan jazolanursizlar”…

Alloh taolo oʻzi gunohlarimizni kechsin, anvoi taomlarni qilishda, ajoyib-gʻaroyib pishiriqlarni pishirishda kim oʻzdi qilayotgan bizlarga oʻzi rahm qilsin…

Imom Abu Dovud rivoyati, “Zuhd“ kitobi (84- bet).

Sayfulloh Nosir hafizahulloh sahifasidan olindi.

Abdurahmon Umar

BARCHA MAQOLALARINI KO'RISH

IZOH QOLDIRING

Your email address will not be published. Required fields are marked *