GULXONA PARKI / ISTANBUL MANZARALARI

“Istanbul manzaralari” loyihasi orqali Istanbul shahrining tarixiy va alohida ahamiyat kasb etgan joylari bilan tanishtirishda davom etamiz.

Faqat Istanbul bilan tanishamizmi degan haqli savol paydo boʻlishi mumkin.

Ha, hozircha Istanbuldagi siz-u bizga qiziq boʻlgan joylar bilan tanishib turamiz. Kelajakda Alloh nasib etsa boshqa shaharlar, balkida boshqa mamlakatlarga ham tashrif buyurishimiz mumkin.

Xullas bugun Islom tarixi va texnologiya muzeyiga tashrif buyurgan edik. Ammo ushbu muzey yopiqligi sababli muzeyning shundoqqina yonginasida joylashgan Gulhane parkiga tashrif buyuramiz.

Gulhona Parki, bu yerda oʻsha mashhur gulbashakar shirinligi yaʼni atirgul yaprogʻidan tayyorlanadigan murabbo qilish uchun ishlatiladigan fabrikalarning joylashaganligidan ushbu nomni oladi.

Gulhona parkining qisqacha tarixiga nazar soladigan boʻlsak, Vizantiya davrida harbiy aslahalar saqlanadigan joy sifatida qoʻllanilgan Gulhona parki – Usmonli imperiyasi davrida Topkapi saroyining tashqi bogʻi sifatida ishlatiladigan.

Gulhona Parki juda katta maydonni oʻz ichiga oladi.

Ushbu parkning bugungi kunda qariyb 100000 m2 maydoni mavjud.

Park, ikki kirish eshigi, yaʼni Sarayburnu darvozasi va Istanbul darvozasi bor. Gulhana parki avvallari Hasbahche, yaʼni, Fotih Sulton Mehmet davrining birinchi turar-joy maydoni vazifasini bajargan boʻlib, Turk uslubini uzoq vaqt saqlab qolganidan keyin klassik uslublarda qayta taʼmir etilgan. 1912-yilda Topuzlu Jamil Posho jamoat parkiga aylantirilgan.

Gulhona parkida oʻz nomiga monand ravishda gullarning turli-tumanini uchratish mumkin. Faqat hozir qish fasli boʻlganligi bois, afsuski sizga buni koʻrsatishni imkoni yoʻq. Gaplarimizni isbotlash uchun bahor kelganida ham ushbu parkka kelishga va rang-barang ochilgan gullarni sizlarga koʻrsatishga soʻz beramiz.

Gulhona parki haqida yozilgan maʼlumotlar bilan tanishar ekamiz, ushbu parkda nafaqat gullarning turlari balki koʻplab hayvonlar ham saqlanishi haqida bilib oldik. Ammo yuqorida aytganimizdek hozir tabiat sovuq. Bu yerda saqlanadigan hayvonlar ham tabiiyki issiq joyga koʻchirilgan.

Kunlar sovuq boʻlgani bilan har faslda ushbu parkda hordiq chiqarayotgan insonlarni uchratish mumkin.

Parkning uzoq tarihiy kechmishi, oʻziga xos tabiati, hayvonot olami va albatta koʻzni qamashtiruvchi gullari insonlarni har zamon oʻziga tortadi.

Bugun sizlar bilan yoʻl-yoʻlakay Istanbul shahrining eng katta va muhim dam olish maskani – Gulhona parki bilan tanishtirishga harakat qildik.

Keyingi manzilimiz Istanbulning qay bir nuqtasida boʻlishini, qaysi bir tarixiy maskani bilan yaqindan tanishishni istasangiz bu haqda bizga yozib qoldirishingiz, takliflaringizni bayon etishingiz mumkin. Hozircha esa siz bilan xayrlashamiz. Allohga omonat boʻling.

Muallif: Abu Bakr

2 TA IZOH

Your email address will not be published. Required fields are marked *