ZULM VA SABR | HAYOT FALSAFASI

Bismillaxir rohmanir rohim!

Har bir inson bu hayotda yashar ekan, albatta biror bir maqsad sari intilib yashaydi. Bu maqsad qanday boʻlishi ahamiyatsiz. Hech boʻlmaganda qorin toʻygʻizish uchun yashash, harakat qilish ham bir maqsaddir.

Biz suhbatlarimiz orqali musulmon kishining hayot falsafasi, tushunchalari haqida soʻz yuritmoqdamiz. Musulmon kishining hayot haqiqatlariga boʻlgan munosabati, umrimiz davomida qozonilgan turli tajribalar bilan oʻrtoqlashmoqdamiz.

Bugun, hammamiz uchun eng goʻzal oʻrnak boʻlgan paygʻambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallamning hayotlarida sodir boʻlgan bir voqeani soʻzlab beramiz va mana shu hikoya asosida mushohada qilamiz. Ushbu hikoya barchamiz uchun kerakli boʻlgan xulosalarni bera oladi degan umiddamiz.

Rasululloh sallallohu alayhi vasallam ikki muhim dastagi, ikki yaqini – ayollari Xadicha onamiz va ularning orqasidan amakilari Abu Tolib vafot etganlaridan keyin tabiiy ravishda anchagina tushkunlikka tushib qoladilar. Paygʻambarimiz sallallohu alayhi vasallam Toif safariga ana shu voqeadan soʻng chiqqan edilar.

Rasululloh sallallohu alayhi vasallam Toif safariga otlanar ekanlar yonlariga tutingan oʻgʻillari Zayd Ibn Horisani oldilar. Maqsad Makkadan unchalik uzoq masofada boʻlmagan Toif shahrida yashovchi Baniyfaqif qabilasidagilarga islomni targʻib etmoqlik, ularni Allohga chaqirmoqlik edi.

Muallif: TOHIR ABDULG’ANI ABDULLOH

IZOH QOLDIRING

Your email address will not be published. Required fields are marked *